Шрифт олчами: A A A A A Ранг схемаси: A A А Расмлар: Сайтнинг толиқ версияси

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Menu
Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi
NIZOM
 
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan litsenziyalar olishga hujjatlar taqdim etish va avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirishda qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Malaka talablari yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida shu jumladan xalqaro yo‘llarda xavfsiz tashishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bilim hamda ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishidan iborat.
2. Malakaviy talablar litsenziya olishga hujjatlarni taqdim etish va avtomobil transportida tijorat tashishlarini amalga oshirishda, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslarning xodimlariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yiladi.
II. YURIDIK ShAXS XODIMLARINING NOMENKLATURASI VA ULARGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI
3. Malaka talablari xodimlarning quyidagi nomenklaturasiga qo‘yiladi:
yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari;
tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari;
tashishlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis;
avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyro‘g‘iga (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
31. Bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs uchun malaka talablari, avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs aylanmasi yillik hajmining 50 va undan ko‘p foizini tashkil etganda, yuridik shaxs rahbari va uning bevosita tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan o‘rinbosariga qo‘yiladi.
Avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs aylanmasi yillik hajmining 50 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, malaka talablari yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari va uning tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan o‘rinbosariga qo‘yiladi.
4. Quyidagilar yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxs xodimlarining, shuningdek yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning malakasiga muvofiq kelishini tasdiqlaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
 
a) avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, besh yildan kam bo‘lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligida (bundan buyon — Agentlik) attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosaning mavjudligi — yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari uchun;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyro‘g‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
b) avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplomning hamda tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida Agentlikda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosaning mavjudligi tashishlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis uchun;
v) Agentlikda va/yoki Agentlikning hududiy boshqarmalarida tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosa — yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun;
g) tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarishga belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlangan huquqning mavjudligi — haydovchilar uchun.
41. Avtomobil ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumoti bo‘lmagan, maxsus uskuna bilan jihozlangan maxsus axlat tashish avtomobillarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bo‘yicha kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan yuridik shaxs rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun malakalari muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, Agentlikda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi ijobiy xulosa bilan bir qatorda, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplom va uch yildan kam bo‘lmagan ish staji yoki o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat va besh yildan kam bo‘lmagan ish stajining mavjudligi xizmat qiladi. Xuddi shunday talablar tashishlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassislar uchun ham qo‘yiladi.
42. Yuridik shaxslar xodimlarini (yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari va tashishlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassisni) attestatsiyadan o‘tkazish Agentlikning Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni attestatsiyadan o‘tkazish Agentlikning attestatsiya komissiyasi tomonidan yoki ularning xohishiga ko‘ra Agentlik hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 
Oldingi tahrirga qarang.
 
43. Agentlikning attestatsiya komissiyasi Agentlik, Agentlikka qarashli bo‘linmalar, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil, elektr transporti va yo‘l xo‘jaligi xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining 5 nafardan kam bo‘lmagan miqdordagi mas’ul xodimlaridan shakllantiriladi hamda Agentlik boshlig‘i o‘rinbosarlarining biri tomonidan boshqariladi.
(43-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyro‘g‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Agentlik hududiy boshqarmasining attestatsiya komissiyasi boshqarma xodimlari orasidan 3 kishidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi va boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqariladi.
44. Attestatsiya komissiyasining ishi (hujjatlarni qabul qilish va ularning dastlabki tahlili, attestatsiya komissiyasi majlisi bayonnomasini yuritish va hokazolar) Agentlik boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadigan attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan tashkillashtiriladi.
Hududiy boshqarmalar attestatsiya komissiyasining ishini tashkil etish Agentlik hududiy boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadigan attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
45. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari (bundan keyin Komissiya):
yuridik shaxslar xodimlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
attestatsiya uchun savollar ro‘yxatini tayyorlaydi;
attestatsiya kunlarini tayinlaydi va attestatsiyadan bir hafta oldin bu haqda attestatsiyadan o‘tishga ariza bergan shaxslarni xabardor qiladi;
attestatsiyani o‘tkazadi;
attestatsiya natijalarini rasmiylashtiradi.
5. Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan Komissiya ishining reglamenti, attestatsiya uchun savolnoma va attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs bilimlarini baholash tartibi oldindan, kamida ikki hafta o‘tmasdan Agentlikning veb-saytida joylashtiriladi va attestatsiyadan o‘tishni rejalashtirayotgan manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
6. Attestatsiya uchun savollar yuklar, yo‘lovchilar va bagajni avtomobil transportida tashish qoidalarini, tashishlar xavfsizligini ta’minlashga doir, ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini bilishni aniqlash zaruratidan kelib chiqib shakllantirilishi kerak.
Savollar tashuvchi tomonidan amalga oshiriladigan avtomobil transportida tashish turiga bog‘liq holda farqlanadi:
yuklarni tashish bo‘yicha;
yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha;
xalqaro tashish bo‘yicha;
aralash tashish bo‘yicha.
Savollar turidan birini tanlash attestatsiya qilinayotgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
7. Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar bilan shug‘ullanayotgan tashuvchi korxonalarning xodimlari hamda yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar xalqaro avtomobilda tashishlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro konvensiyalari, shartnomalari va bitimlari me’yorlarini, chegaralarni kesib o‘tish qoidalarini, xalqaro qonun hujjatlari me’yorlaridan tafovut qilgan hollarda qabul qilinadigan, transport vositalarining vazn va o‘lcham parametrlariga qo‘yiladigan talablar va taomillarni, “Xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan transport vositalari ekipajlarining ishiga taalluqli bo‘lgan Yevropa bitimi (TVEB)”ga ko‘ra xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan haydovchilarning mehnat qilish va dam olish rejimiga qo‘yiladigan talablarni va hokazolarni ham bilishlari kerak.
71. Attestatsiyadan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) erkin shakldagi ariza;
b) Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha anketa;
v) 4 va 41-bandlarga muvofiq talab etiladigan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari.
Anketa yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘ldirilishi kerak.
Anketa yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘ldirilishi kerak.
Anketaning barcha savollariga to‘liq va batafsil javoblar berilishi lozim, anketaning birorta ustuni to‘ldirilmagan holda qoldirilmasligi kerak. Bitta bo‘lsa ham to‘ldirilmagan ustun mavjud bo‘lgan taqdirda, butun anketa to‘liq to‘ldirilmagan deb hisoblanadi va qo‘shimcha ishlov berish uchun qaytariladi.
Hujjatlar Komissiyaga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan taqdim etiladi.
Hujjatlar Komissiya kotibi tomonidan ro‘yxatga ko‘ra qabul qilinadi, uning bir nusxasi yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkorga hujjatlarni qabul qilish sanasi to‘g‘risida belgi bilan yuboriladi (topshiriladi);
g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash haqidagi buyruq nusxalari (yuridik shaxslar xodimlari uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
 
Shaxs tomonidan attestatsiya (qayta attestatsiyalash) uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan qabul qilingan kundan boshlab Agentlik arxivida besh yilgacha saqlanadi.
(71-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyro‘g‘iga (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
 
91. Komissiya a’zolari taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama ko‘rib chiqadilar.
Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha uyg‘otgan taqdirda, Komissiya yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkordan attestatsiya o‘tkazilishidan oldin taqdim etilgan hujjatlar nusxasini solishtirish maqsadida hujjatlarning asl nusxasini so‘rashga haqlidir.
Quyidagi:
noto‘g‘ri ma’lumotlarni;
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni;
to‘liq hajmda taqdim etilmagan hujjatlarni taqdim etgan shaxslar attestatsiyaga qo‘yilmaydi.
Hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyadan o‘tish uchun hujjatlarni yetishmaydigan materiallar bilan besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda to‘ldirishga haqlidir.
Taqdim etilgan hujjatlarga oid e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda, ariza taqdim etgan yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyaga qo‘yiladi.
Uzrli sabablarsiz ikki marta ketma-ket kelmagan attestatsiyaga da’vogar yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyaga qo‘yilganlar ro‘yxatidan chiqariladi, bunda u taqdim etgan hujjatlar qaytarib beriladi.
(91-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
92. Komissiya kotibi attestatsiyaga qo‘yilgan shaxslarning maxsus jurnalini yuritadi.
10. Yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari hamda yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tadbirkorlar vaqti-vaqti bilan (uch yilda kamida bir marotaba) o‘z malakalarini Agentlik tasdiqlagan maxsus dasturlar bo‘yicha oshirib, malakaviy imtihon topshirishlari kerak.
II1. ATTESTATSIYA O‘TKAZISh
101. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazishning Komissiya tomonidan tayinlangan muddatida attestatsiyadan o‘tkaziladiganlar ro‘yxatiga kiritilgan yuridik shaxs xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkor attestatsiyadan o‘tish uchun ko‘rsatilgan joyga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
 
Attestatsiya, Komissiya faoliyatining xolisonaligini ta’minlash maqsadida, video yozuv uchun videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi.
Begona shaxslarning Komissiya yig‘ilishida ishtirok etishi taqiqlanadi.
(101-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
102. Komissiya savolnoma bo‘yicha savollar bergan holda attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsni tinglash va (yoki) test sinovi yo‘li bilan (attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsning tanloviga ko‘ra) attestatsiya o‘tkazadi. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tish paytida attestatsiyadan o‘tayotgan shaxslarga ma’lumot tusiga ega, maxsus va boshqa adabiyotlardan, biror-bir yozuvlardan, shuningdek uyali yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda, attestatsiyadan o‘tishga da’vogar attestatsiyalanayotgan shaxs attestatsiyadan chetlatiladi. Attestatsiyadan chetlatilgan attestatsiyalanayotgan shaxs attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
104. Attestatsiya natijalariga ko‘ra Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) malaka talablariga javob beradi;
a1) komissiya tavsiyalarini bajarish va 6 oydan keyin attestatsiyani qayta o‘tkazish sharti bilan malaka talablariga javob beradi;
b) malaka talablariga javob bermaydi.
105. Attestatsiya natijalari attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsga bevosita attestatsiya tugaganidan so‘ng ma’lum qilinadi va ovoz berishda ishtirok etgan Komissiya raisi va a’zolari hamda kotib tomonidan imzolanadigan Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsga mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan shakl bo‘yicha attestatsiya varag‘i beriladi.
Attestatsiya varaqlarining blankalari qat’iy hisobdagi hujjatlar hisoblanadi, himoyalanish darajasiga ega. Attestatsiya varaqlarining blankalari Agentlikning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChBda bosmaxona usulida tayyorlanadi. Attestatsiya varaqlari blankalarining hisobi, but saqlanishi va maqsadga muvofiq foydalanilishi uchun Komissiya rahbari javobgar bo‘ladi
106. Tegishli malaka talablariga javob beradi deb topilgan attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsning attestatsiya varag‘i tegishli litsenziya olishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
 
Malaka talablariga javob beradi deb topilgan attestatsiyadan o‘tayotgan shaxslarning attestatsiya varag‘ining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(106-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
107. Attestatsiya yakunlariga ko‘ra malaka talablariga javob bermaydi deb topilgan, yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan band bo‘lgan yuridik shaxslarning xodimlari va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar attestatsiyaga qaytadan qo‘yiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
 
108. Komissiya quyidagi hollarda navbatdan tashqari attestatsiyani tayinlash va o‘tkazishga haqli:
a) avtotransport vositalaridan foydalanishda litsenziat tomonidan qonun hujjatlari, tashish qoidalari, ekologik talablari va ekipirovkaga rioya etilmagan taqdirda;
b) litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda;
v) tashuvchining haydovchisi aybi bilan o‘lim oqibatiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir etilganda.
Komissiya yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkorga Agentlikda navbatdan tashqari attestatsiya o‘tkazilishi muddatini yozma ravishda xabar qiladi.
(108-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan o‘z kuchga kiradi — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
 
Oldingi tahrirga qarang.
 
109. Komissiya kotibi attestatsiyadan o‘tgan shaxslar reyestrini yuritadi (bundan keyin reyestr). Attestatsiyadan o‘tgan shaxslar reyestri qog‘ozli tashuvchilarda (tikilgan va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlangan, tikilgan sahifalar miqdori ko‘rsatilgan jurnallar shaklida) ham, kompyuter dasturiga kiritilgan yozuv ko‘rinishidagi elektron tashuvchilarda ham yuritiladi.
(109-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan o‘z kuchga kiradi — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Jurnal va kompyuter dasturida attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning quyidagi ma’lumotlari ko‘rsatiladi:
attestatsiyadan o‘tgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
attestatsiyadan o‘tgan shaxsning yashash joyi va pasport ma’lumotlari;
attestatsiya varag‘i berilgan joy, raqami, berilgan sanasi va amal qilishi tugaydigan muddat;
attestatsiya varag‘i olingan sana va attestatsiya varag‘ini olgan shaxsning imzosi;
Komissiya reyestrga kiritish lozim deb topgan istalgan qo‘shimcha axborotni o‘z ichiga olgan izoh.
Oldingi tahrirga qarang.
 
Qog‘oz shakldagi yozuvlar bilan elektron shakldagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, qog‘oz shakldagi yozuvlar ustuvorlikka egadir.
Qog‘oz shakldagi yozuvlar reyestri Agentlik tomonidan yagona nusxada yuritiladi.
Reyestr Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(109-band O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
II2. ATTESTATSIYA VARAQLARINI QAYTA RASMIYLAShTIRISh
1010. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
litsenziat (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda, uning nomi o‘zgarganda;
jismoniy shaxsning (yakka tartibdagi tadbirkorning) familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda;
attestatsiya qilingan shaxsning ish joyi o‘zgarganda.
1011. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish uchun attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Bunda attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish uchun attestatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.
1012. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish asosiy attestatsiya varag‘ining amal qilish muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
1013. Attestatsiya varaqlarini qayta rasmiylashtirish, ularni attestatsiya komissiyasi a’zolari va attestatsiya qilingan shaxs tomonidan imzolash ariza qabul qilinganidan keyin besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
II3. ATTESTATSIYA QILINGAN ShAXS BOShQA TAShKILOTGA O‘RINDOShLIK ASOSIDA IShGA QABUL QILINIShIDA ATTESTATSIYA VARAQLARINI RASMIYLAShTIRISh
1014. Attestatsiya varaqlarini rasmiylashtirish uchun boshqa tashkilotga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxs attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Attestatsiya qilingan shaxs boshqa tashkilotga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotganda attestatsiya varag‘ini olish uchun attestatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.
1015. Attestatsiya varaqlarini rasmiylashtirish, ularni attestatsiya komissiyasi a’zolari va boshqa tashkilotga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxs tomonidan imzolash ariza qabul qilinganidan keyin besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
1016. Attestatsiya varag‘ini rasmiylashtirish asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiya varag‘ining amal qilish muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
 
III. Malaka talablariga nomuvofiqlik uchun javobgarlik, attestatsiya varaqasi muddatini to‘xtatish va bekor qilish
11. Qonunchilik bilan belgilangan litsenzion talablar va shartlarning bir qismi hisoblangan malaka talablariga nomuvofiqlik uchun tashuvchilarga nisbatan, ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish ko‘rinishida ta’sir choralari qo‘llanadi.
111. Yuridik shaxs xodimi va yakka tartibdagi tadbirkor uzrli sabablarsiz ikki marta ketma-ket navbatdan tashqari attestatsiyaga kelmagan taqdirda, attestatsiya varaqasining amal qilish muddati to‘xtatiladi.
Attestatsiya varaqasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi haqida Komissiya yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorni yozma ravishda Komissiya qarori nusxasi va u tomonidan navbatdan tashqari attestatsiya muddati haqidagi xabarni olganligi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish zarurligi to‘g‘risidagi xat ilova qilingan holda xabardor qiladi.
112. Attestatsiya varaqasini noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya varaqasining amal qilish muddati Komissiya tomonidan u olingan sanadan boshlab bekor qilinadi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
 
IV. Yakuniy qoidalar
12. Komissiya qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etish mumkin.
13. Mazkur Nizomni buzganlikda ayblanuvchi shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
(IV-bo‘lim O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 18-iyuldagi 69-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626-10, 14.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 10/18/1626-10/1697-son — 2018-yilning 15-noyabridan kuchga kiradi)
 
Asos hujjatlarga havola:
 
 
O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I